Jahon | 17:54 / 15.10.2015
3752
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada ob-havo ma'lumotlari boshlovchisi janjal tufayli ta'tilga chiqarildi

Fransiyada taniqli ob-havo ma'lumotlari prognozi boshlovchisi Filipp Verde majburiy ta'tilga chiqarildi, deb xabar beradi The Local nashri. Bu qaror France Télévisions davlat telekompaniyasi tomonidan qabul qilindi.

Verde kechki soatlarda France 2 kanali orqali ob-havo ma'lumotlarini o‘qish bilan dong taratgan. “Msyo Meteo” kitobini chiqarganidan so‘ng efirdan olib tashlandi, negaki kitobida yetakchi iqlimshunoslar va siyosatchilar ob-havo o‘zgarishlari haqida shubhali axborotlar yordamida “dunyoni tutqunlikda tutishi”ni iddao qilgan.

Reklama roligida u shunday dedi: “Har kecha men 5 mln fransuz bilan muloqot qilaman, ular bilan shamol, bulut va quyosh haqida gaplashaman. Lekin, shu bilan birga, juda muhim bir jihat bor, men u haqda sizlarga ayta olmayman, chunki joy va vaqt mos emas. Biz planetar janjal asirlarimiz. Iqlim o‘zgarishi urush quroli bo‘lib, bizlarni tutqunlikda tutib turadi”.

OAVda Verdega nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi muhokama qilinmoqda. Davlat telekompaniyasi esa izoh berishdan bosh tortmoqda.
“U ta'tilda”, - ma'lum qildi kompaniya mutasaddilaridan biri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish