Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel daromadi va tushumlari kamaydi
Intel mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchisi uchinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Amerika korporatsiyasining daromadi va tushumi 6,3 foizga kamaygan.
Biroq chipmeykerning moliyaviy ko‘rsatkichlari server chiplari sotuvi sharofati bilan Uol-strit bashoratlaridan ko‘proq natijani qayd etdi.
2015 yil 30 sentabrida yakuniga yetgan uchinchi chorak natijalariga ko‘ra, Intel`ning sof daromadi bir yil avvalgi 3,32 mlrd dollarga qaraganda 6,3 foizga kamayib, 3,11 mlrd dollarni tashkil etdi. Ayni paytda tushum 14,55 mlrddan 14,47 mlrd dollargacha pastladi.
Intel daromadlarining pastlayotgani dunyo miqyosida shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan talabning kamayib borayotgani bilan bog‘liq. Xususan, 2015 yilning iyul-sentabr oylarida desktop va noutbuklar uchun chiplar ishlab chiqaradigan Intel Client Computing Group bo‘linmasi tushumi 8,5 mlrd dollarni tashkil etib, bir yil avvalgiga qaraganda 13 foizga kamaygan.
Kompaniya kompyuterlar uchun protsessorlar yetkazib berishni 15 foizga kamaytirgan.
O‘z navbatida, Intel`ning server chiplari savdosi o‘sib bormoqda. Uchinchi chorakda kompaniyaning Intel Data Center Group choraklik daromadi 8, yillik daromadi 12 foizga o‘sdi va 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi. IDC tahlilchilari ma'lumotiga ko‘ra, Intel jahon server mikrochiplari bozorining 99,3 foiziga egalik qilmoqda.