Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada feysbuk orqali qotillikka yollangan 14 yoshli o‘smir hibsga olindi
Meksika politsiyasi feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali yollanib, qotillik sodir etgan 14 yoshli o‘smir hibs qilingani haqida ma'lumot tarqatdi.
Quyi Kaliforniya shtati prokuraturasi vakilining ma'lum qilishicha, bu o‘smir tergov vaqtida Tixuana shahrida "o‘z nishonini yo‘q qilgani" uchun 31 ming peso (1,9 ming dollar) haq olganiga iqror bo‘lgan.
Uning tan olishicha, unga feysbuk orqali murojaat qilishgan va ish taklif qilishgan.
Shundan so‘ng taksi orqali aytilgan joyga borib, qurol, pul va vazifa olgan.
U qotillikni sodir etishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan qo‘lga tushgan.
Tixuana politsiyasi boshlig‘i Alexandro Laresning ma'lum qilishicha, Meksikada jinoiy guruhlar tomonidan o‘smirlarni qotillik uchun yollash holatlari odatiy holga aylanmoqda. Bunga asosiy sabab voyaga yetmaganlar uchun "yumshoq jazolar" qo‘llanishi, ularga qisqa muddatli qamoq tayinlanishi sabab hisoblanadi.
2010 yilning dekabrida Meksikada "El Ponchis" laqabli 14 yoshli yollanma qotil qo‘lga olingan, u tergov jarayonida jinoiy guruhlar buyurtmasiga ko‘ra 4 marta qotillik sodir etganiga iqror bo‘lgandi.