Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Qozog‘iston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lib qolaveradi
Ostonada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar rivoji, shuningdek, YeIIning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Nazarboyev 16 oktabr kuni MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi va Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi doirasida o‘tkaziladigan muzokaralarga to‘xtalib o‘tdi.
“Bugun YeII kengaymoqda va jahon sahnasida hurmat-e'tibor qozonmoqda. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz deb hisoblayman”, - ta'kidladi Nazarboyev.
Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik aloqalari mustahkamligini yana bir bora tasdiqladi.
“Biz Sochida o‘zaro munosabatlarimizning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik, - dedi u. – Bu munosabatlar Qozog‘iston xalqining manfaatlariga mos keladi”.
“Qozog‘iston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lib qolaveradi”, - xulosa qildi Nazarboyev.