Jahon | 23:00 / 15.10.2015
5706
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Afg‘onistondagi vaziyatni “qaltis” deya baholadi

AQSh Afg‘onistondagi beqaror vaziyat tufayli bu yerda 2016 yildan keyin 5,5 mingga yaqin askarini qoldiradi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Obamaning aytishicha, Afg‘onistonda keyingi yilning aksariyat qismida 9,8 mingga yaqin askar bo‘ladi.

Obamaning aytishicha, 2016 yildan keyin bu yerda kam sondagi bazalarda 5,5 mingga yaqin harbiy qoladi. Xususan, gap Bagram, Jalolobod va Qandahordagi bazalar haqida ketmoqda.

Obamaning ta'kidlashicha, Afg‘onistondagi vaziyat “qaltisligicha” qolmoqda va uning yanada yomonlashishi xavfi bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish