Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin AQShning Suriya bo‘yicha pozitsiyasini kuchsiz deb atadi
AQShning bosh vazir Dmitriy Medvedov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortgani Vashingtonning Suriya masalasi bo‘yicha pozitsiyasi kuchsiz ekanini anglatadi, deb hisoblamoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti Vashingtonning ushbu harakatiga nisbatan o‘z munosabatini 15 oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida bildirib o‘tdi.
“Men amerikalik hamkorlarimizni, madomiki ular siyosiy jihatdan hal qilish uchun mazkur muhim yo‘nalishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishdan voz kechar ekan, Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini tanqid qilishini tushuna olmayman”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi bu bilan AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining Suriya mavzusida Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bo‘yicha ikkinchi marta izoh berishi. 12 oktabr kuni ham “Rossiya, olg‘a!” forumida bu haqda aytib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh Suriyada terrorizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortganini ma'lum qilgan edi. Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest esa taklifning rad etilishini Moskva IShIDga qarshi kurashda konstruktiv ulush qo‘shishni istamasligi bilan izohladi.