Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 7 ming km avtoyo‘llar pullik xizmat ko‘rsatadi
2020 yilga kelib Qozog‘istondagi 7 ming km avtoyo‘llarida pullik xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning saytida xabar qilindi.
Ko‘rsatilgan vaqtgacha ta'mirdan chiqariladigan yo‘llargina pullik xizmatga o‘tkaziladi. 2016 yilda “Ostona-Otbosar” trassasi birinchilar qatorida tekin xizmat ko‘rsatishdan chiqariladi.
Yengil transport vositalari uchun 3, 6 va 12 oylik abonentlik to‘lovlari ko‘zda tutilgan.
Umuman olganda, 2020 yilga qadar 30 ming km yo‘llarda ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi. Shu tariqa, yo‘llarning 81 foizi yaxshilanadi.