Jahon | 23:41 / 15.10.2015
3973
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda otlar GPS bilan ta'minlanadi

Qozog‘iston janubida otlar o‘g‘irlanishiga qarshi ular GPS-navigatorlar bilan ta'minladani, deb ma'lum qilmoqda Tengrinews Sayram tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Daniyor Meyrxan bergan ma'lumotlarga asoslanib.

Ushbu metod Janubiy Qozog‘istonning Sayram tumanida qo‘llaniladi. Otlar terisi ostiga bilinar-bilinmas chiplar o‘natiladi. Bu esa uni o‘g‘irlab ketayotgan o‘g‘ri haqda ma'lumot beradi. Bir dona chip 40 ming tenge atrofida bo‘ladi.

Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, ot o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq hodisa, ot egalarining politsiyaga kechikib xabar berishlari natijasida og‘irlashmoqda. Chipning o‘rnatilishi esa o‘g‘irlikni fosh etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish