Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:53 / 15.10.2015
3387
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish muddatini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni sekinlatmoqda. Reuters agentligining xabar berishicha, mazkur muddatni AQSh prezidenti Barak Obama 15 oktabr kuni e'lon qiladi.
Agentlik axborot manbasining ma'lum qilishicha, 2016 yilda Afg‘onistonda 9,8 ming harbiy xizmatchi joylashtirilsa, 2017 yilda amerikalik askarlar soni 5,5 ming nafarga qadar qisqartilishi rejalashtirilmoqda.