Jahon | 21:09 / 15.10.2015
6643
1 daqiqa o‘qiladi

Saragosada buqa korrida tomoshabinini libossiz qoldirdi

Ispaniyaning Saragosa shahrida bo‘lib o‘tayotgan korrida tomoshalari chog‘ida shoxdor buqa tashrif buyurganlardan birining liboslarini yirtib yubordi, deya xabar qildi The Mirror.

Nashrning yozishicha, namoyish vaqtida arenada paydo bo‘lgan qizil futbolkadagi erkak buqa e'tiborini o‘ziga tortadi. Hujumga o‘tgan buqaning shoxlari yerga yiqilgan tomoshabin libosiga ilinib qoldi va uni yirtib tashladi. Shundan so‘ng jonivor e'tiborini yana yonida paydo bo‘lgan matadorga qaratdi. Bu paytda jabrdiyda oyoqqa turib, to‘siq ortiga yashirinishga ulgurdi.

The Mirror sahnaga chiqib kelgan erkakning professional toreador ekanligi va uning hodisa sababli biror tan jarohati olgani to‘g‘risida ma'lumot bermadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish