Jahon | 13:26 / 15.10.2015
5371
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Xoms viloyatida harbiy amaliyotlarni boshladi

Suriyada hukumat armiyasi mamlakat shimolidagi Xoms provinsiyasida keng miqyosli harbiy amaliyotlarni boshladi, deya xabar berdi RIA “Novosti” harbiy axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

“5:30da armiyamiz shimoldagi Xoms viloyatida keng ko‘lamli amaliyotni boshladi. Xaldiy qishlog‘i va u bilan qo‘shni bo‘lgan aholi punkti ozod qilindi. Ayni paytda mazkur frontdagi vaziyat a'lo darajada”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq esa Suriya armiyasi Xama provinsiyasida yana beshta qishloq va shaharchani jangarilardan ozod qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish