Jahon | 07:47 / 15.10.2015
4287
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri Anqaradagi terakt qurbonlari soniga aniqlik kiritdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luning aytishicha, Anqaradagi terakt tufayli 99 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar berdi.

Vazirning ma'lum qilishicha, qurbonlardan 94 kishining shaxsi aniqlanib, jasadi dafn qilinish uchun qarindoshlariga topshirilgan.

Bundan avvalroq, Anqara Tibbiyot palatasi ma'lumotiga asoslanib, terakt qurbonlari soni 106 nafar bo‘lgani xabar qilingandi.

Bugundan Turkiya hukumati sud orqali OAVning terakt haqida ma'lumotlar tarqatishini taqiqlab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan 2 marta terakt sodir etilgan edi.

Teraktdan bir necha kun o‘tib, politsiya bu teraktda IShID jangarilarining qo‘li borligini aniqlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish