Jahon | 22:55 / 15.10.2015
2273
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen Yevropadan 8,5 mln avtomobilini chaqirib oladi

Germaniya avtokonserni Volkswagen Yevropa Ittifoqidan nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangan 8,5 mln. dona dizel dvigatelli avtomobilini chaqirib oladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Chaqiruvlar 2016 yilning yanvaridan boshlanadi. moddiy xarajatlarning barchasini konsernning o‘zi ko‘taradi.

Volkswagen, Audi, SEAT va Skoda avtomobillariga ega kishilar ularning mashinasi chaqirib olinadimi yo‘qmi, bu haqda kompaniyalarning maxsus saytlaridan bilishlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish