Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:01 / 15.10.2015
4864
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda xusiylar Saudiya Arabistonidagi aviabazaga ballistik raketa uchirishdi
Yamanlik isyonchilar Saudiya Arabistoni hududida joylashgan aviabazani ballistik raketa bilan nishonga olishdi. Bu haqda Yamanning Saba agentligi xabar bermoqda.
Voqea Asir viloyatining Hamis Mushyat degan joyida sodir bo‘lgan. Raketa nishonga aniq tegib, uning infrastrukturasiga jiddiy talafot keltirgan.
“Ansorulloh” guruhi tarqatgan bayonotga ko‘ra, raketa hujumi “Saudiya Arabistonining Yamanga agressiyasi to‘xtamayotganiga javob” tariqasida uyushtirilgan.