Jahon | 08:58 / 16.10.2015
2629
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonda istisno holatlardagina harbiy amaliyotlar olib boradi

AQSh afg‘on armiyasi askarlarining tayyorgarligiga e'tibor qaratib, alohida holatlardagina harbiy amaliyotlarni olib boradi, deya ma'lum qildi Mudofaa vaziri Eshton Karter. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.

“Harbiy operatsiyalar tugatildi. Bizning har kunlik vazifamiz tayyorgarlik, ko‘mak ko‘rsatish va terrorizmga qarshi kurashishdan iborat”, – deya qad etdi Mudofaa vazirligi rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy amaliyotlari o‘z askarlarini himoya qilish, shuningdek, aksilterror operatsiyalari doirasida o‘tkazilishi mumkin.

Bundan avvalroq esa AQSh prezidenti Barak Obama AQSh 2016 yildan so‘ng Afg‘onistonda mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli 5,5 ming nafar atrofida harbiy qo‘shin qoldirilishi to‘g‘risida ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish