Jahon | 00:16 / 16.10.2015
7081
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriyada NATO bosh kotibini Putinning suratlari bilan kutib olishdi

Chernogoriyada NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergni bir necha yuzlab kishilar norozilik namoyishi bilan kutib olishdi. Namoyish mamlakatning poytaxti Podgoritsada bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchilar ko‘chalar bo‘ylab “Urushga yo‘q, NATOga yo‘q” shiori bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratini ko‘tarib olgancha o‘tishdi. Faollar, shuningdek, Rossiya bilan hamkorlikni mustahkamlashga chaqirishdi.

Norozilik namoyishi mamlakat rahbariyati va Stoltenbergning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan villa oldida bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish