Jahon | 16:56 / 16.10.2015
3567
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Hindistonning Nirbhay raketalari sinovi omadsiz yakunlandi

Hindistonning tovush tezligigacha bo‘lgan Nirbhay raketalari sinovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, xabar berdi IANS agentligi Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) ma'lumotiga asoslangan holdi.

Raketa Hindiston sharqidagi Odisha shtatida joylashgan Chandipur poligonidan uchirildi. Parvoz muvaffaqiyatli boshlandi, biroq uchirilganidan 11 daqiqadan so‘ng 128 km masofani bosib o‘tgan raketa Bengal ko‘rfaziga qulab tushdi.

Mazkur raketaning parvoz masofani 750-1000 kilometrni tashkil etishi lozim edi. Birinchi sinov 2013 yilning 12 martida amalga oshirilgan bo‘lib, parvoz bor-yo‘g‘i 20 daqiqa davom etgan edi. 2014 yil noyabr oyidagi ikkinchi sinov ham muvaffaqiyatsiz yakuniga yetib, raketa yetarli darajada balandlikka erisha olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish