Jahon | 07:43 / 16.10.2015
5802
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga qarshi kurashni kuchaytirish va Rossiyaning Suriyadagi ishtirokini muhokama qilishdi

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

Siyosatchilar, shuningdek, Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtirokini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Turkiya prezidenti ma'muriyati.

Bundan tashqari, Obama suhbat davomida 10 oktabrda Anqarada sodir etilgan terakt munosabati bilan turk xalqiga hamdardligini bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish