Jahon | 18:50 / 16.10.2015
4877
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Afg‘onistondagi vaziyatni inqirozga yaqin deb baholadi

Jangarilarning faollashuvi natijasida Afg‘onistondagi vaziyat yana inqirozga yaqinlashib qoldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

“Turli toifadagi terrorchilar nufuzi ortmoqda va ular keyingi ekspansiya rejalarini berkitib o‘tirgani yo‘q, - ma'lum qildi Rossiya yetakchisi. – Ularning asosiy maqsadlaridan biri Markaziy Osiyoga yorib kirishdir”.

Bundan tashqari, ularning faolligi tufayli Afg‘oniston hukumati duch kelayotgan qiyinchiliklar ta'kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish