Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya harbiylari Suriyada diqqatga sazovor natijalarga erishdi
Rossiya harbiylari Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya chog‘ida diqqatga sazovor natijalarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.
“Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi xalqaro qonunchilikka mutlaqo mos keladi hamda prezident Asadning iltimosiga ko‘ra boshlangan, - dedi u. – Havo va dengizdan amalga oshirilgan harakatlar suriyaliklar bilan kelishilgan nishonlarga, faqatgina terrorchi guruhlarning obektlariga qarshi qaratilgan bo‘lib, bunda bizning harbiy xizmatchilarimiz diqqatga sazovor natijalarga erishishdi. O‘nlab boshqaruv punktlari, qarorgohlar va qurol-yarog‘ omborxonalari, yuzlab terrorchi va ko‘p miqdordagi harbiy texnika yo‘q qilindi”.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.