Jahon | 17:03 / 16.10.2015
2611
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Gruziya o‘rtasida bevosita aviamuloqot o‘rnatiladi

Qirg‘iziston va Gruziya ikkala davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqalar amalga oshirish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Qirg‘iziston tomoni «Bishkek — Tbilisi — Frankfurt-na-Mayn» yo‘nalishida muntazam parvozlar ochilishi imkoniyatilarini muhokama qilishni taklif qildi. Bu taklif Tbilisidagi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili uchrashuvi chog‘ida taklif qilingan.

«Kirg‘iziston hududdagi barcha davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor. Shunday ekan davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega», — deya ta'kidlab o‘tgan Dil.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish