Jahon | 18:12 / 16.10.2015
3829
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Suriyadagi Rossiya uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlarida yo‘qotishlar yo‘q

Suriyadagi amaliyotlarda ishtirok etayotgan barcha Rossiya samolyotlari harbiy vazifalarni bajarganidan so‘ng aviabazaga qaytib keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyada uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati urib tushirilishi manzarasida xabar berdi.

Suriya aviaguruhi tarkibiga kiruvchi barcha Rossiya samolyotlari Xmeymim aviabazasiga to‘liq tarkibda qaytib keldi, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlar esa rejali tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov TASS agentligiga ma'lum qildi.

“Suriya hududidagi holatni monitoring va havo razvedkasini amalga oshirishda yetakchi hisoblangan Rossiya uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari rejali tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda”, - dedi Konashenkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish