Jahon | 18:09 / 16.10.2015
5912
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya shtabi: jangarilar faqat bosh kesishni emas, jang qilishniyam bilishadi

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov IShID jangarilari zamonaviy qurolga egaligini, ularning maxsus guruhlari esa yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“IShID haqida gapirganda ularni oddiy avtomat va uzun xanjar ko‘tarib olgan, bosh kesishdan boshqasini bilmaydigan jinoyatchilar, banditlar deb ko‘rmaslik kerak. Ular jang qilishniyam biladi, ular turli taktik priyomlarni o‘zlashtirgan, bularni Iroq va Suriya armiyalariga qarshi janglarda mashq qilishgan.

Ba'zan ular bu priyomlarni muvaffaqiyat bilan qo‘llaydi”, - dedi u.
Shuningdek, u IShID tarkibida Saddam Husayn armiyasining sobiq harbiylari borligini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish