Jahon | 22:06 / 16.10.2015
2970
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va AQSh Suriyadagi parvozlarning xavfsizligi borasida texnik savollarni oydinlashtirib olishdi

Rossiya va AQSh Mudofaa vazirlari Suriyadagi parvozlar xavfsizligi yuzasidan yaqin kunlarda kelishuv imzolashadi. Barcha texnik savollarga oydinlik kiritilgan. Bu haqda Rossiya Bosh shtabi tezkor boshqaruv boshqarmasi rahbari Andrey Kartapolovning ma'lumotiga asoslanib TASS xabar qilmoqda.

“Bugun masalaning barcha texnik savollari aniqlashtirib olindi. Endi har ikkala tomon yuristlari tomonidan tegishli hujjatlar nazoratdan o‘tkaziladi. Yaqin orada bu hujjatga imzo qo‘yiladi, deb hisoblaymiz. Bu kelishuv Suriya havo hududida harakat qilayotgan Rossiya aviatsiyasi va koalitsiya vakillarining aviatsiyasi o‘rtasida yuzaga keladigan biror-bir noxushlikning oldini olishga xizmat qiladi. Biz bu sohada hamkorlik qilishga doim tayyormiz”, - deb qo‘shimcha qilgan Kartapolov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish