Jahon | 18:34 / 16.10.2015
5148
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Halab yaqinida hujum boshladi

Suriya qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida isyonchilarning Halab janubidagi pozitsiyalariga hujumlarni boshlab yuborishdi. Bu haqda Londonda joylashgan Suriya inson huquqlariga rioya qilish monitoringi markazi xabar qildi.

Aytilishicha, harbiy operatsiya Halab viloyatining janubiydagi qishloq xo‘jaligi hududlarida boshlangan. Markaz direktori Rami Abdurahmonning ta'kidlashicha, ikki tomonning qonli to‘qnashuvlari Halabdan 12 km naridagi Jabal az-Zana degan hududda sodir bo‘lgan. Rossiya aviatsiyasi esa Halabni Damashq bilan bog‘laydigan yo‘l ustidagi obektlarni nishonga oldi.

Suriya armiyasiga eronlik yuzlab harbiylar, Livanning “Hizbulloh” harakat jangarilari ko‘mak berdi. Ammo qo‘shin negizini suriyalik jangchilar tashkil qildi.
“Bu va'da qilingan jang bo‘ldi”, - ma'lum qildi Suriya harbiylaridan biri Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish