Jahon | 18:23 / 16.10.2015
4096
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShIDga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya harbiy bazasi tashkil etiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borish uchun yagona harbiy baza tashkil etadi. Bu haqda RF Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbar o‘rinboasri general-polkovnik Andrey Kartapolov “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Mazkur baza o‘z tarkibiga dengiz, havo, quruqlik harbiy kuchlarini qamrab oladi.

Rossiyaning O‘rta Yer dengizidagi harbiy kemalari birinchi navbatda zarur moddiy-texnik baza bilan ta'minlashga hamda u yagona bazani havo hujumidan himoyalashga mas'ul ekanligi ta'kidlanmoqda.

RF mudofaa vazirligi mas'uli hozirda terrorchilar saflarida taxminan 40-50 ming jangchi borligini ma'lum qildi.

Shuningdek, Andrey Kartapolov RF bosh shtabida hozirga qadar Suriya hududida Yevropa va AQSh tomonidan nomlanayotgan “mo‘'tadil muxolifat” vakillari topilmaganini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish