Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor Ayol jurnalining birinchi soni chiqarildi
«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi Tadbirkor Ayol jurnalining birinchi sonini chiqardi.
Jurnal «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va «O‘zbekturizm» MK hamkorligida chop etilmoqda.
Jurnal bir vaqtning o‘zida uch tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilmoqda. Yangi jurnal tadbirkor ayollar uchun chiqarilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar va va boshqa turli qonun hujjatlari mohiyatini tushuntirish va ayollar uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yoritib borishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.