O‘zbekiston | 16:35 / 16.10.2015
4883
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida 2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan magistral ko‘chalar nomlari tasdiqlandi

2015-2016 yillarda ta'mirlanadigan Toshkent shahridagi magistral ko‘chalar nomi tasdiqlandi. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashri Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi «Toshkent shahrining magistral ko‘chalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga ilova qilingan jadvalda ko‘rsatib o‘tilishicha, 2015-2016 yillarda Bobur, Nukus, Afrosiyob, Amir Temur, Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Do‘rmon yo‘li, Do‘stlik va Toshkent Halqa yo‘li ko‘chalarining ma'lum qismlari ta'mirdan chiqariladi.

Mazkur qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi «ToshkentboshplanLITI» davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish