Jahon | 16:52 / 16.10.2015
2780
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanboshi va Boku portlarida umumiy tariflar joriy qilishadi

Bokuda Transkaspiy transport koridori bo‘yicha uch tomonlama texnik qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda qo‘mita a'zolari – Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston transport koridori faoliyati samaradorligini oshirish masalasini muhokama qilishdi. Bu haqda TurkmenBusiness nashri xabar bermoqda.
Jumladan, Kaspiy tranziti raqobatbardoshligini oshirish, parom va kemalar sonini oshirish uchun ikki asosiy port – Turkmanboshi va Bokuda yagona prinsiplarda nazorat qilinadigan tariflarni joriy qilish taklifi bildirildi.

Texnik qo‘mita ishtirokchilari Ozarbayjon va Turkmanistonning tegishli davlat organlarini portlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlaridan boxabar qilib qo‘ydilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish