Jahon | 13:06 / 17.10.2015
5706
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada uchuvchilarni qutqarishda hamkorlik qilishdan bosh tortdi

AQSh Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etish chog‘ida urib tushirilgan samolyotlarning uchuvchilarini qutqarish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifini rad qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

Antonov xavfsizlik bo‘yicha oltinchi Syanshan forumidagi chiqishida AQSh “hamkorlik” so‘zidan qat'iyan bosh tortayotganini ta'kidladi.
Misol tariqasida amaldor samolyotning IShID nazorati ostidagi hududga qulashini keltirdi.

“Bunday vaziyatga tushib qolgan uchuvchini qutqarishday insoniy maqsadning nimasi yomon? – dedi u. – AQSh va Rossiya bu borada hamkorlik qilishining nimasi yomon?”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish