Jahon | 14:20 / 17.10.2015
6276
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda shialar dafn marosimi o‘qqa tutildi

Eronning Dizful shahrida noma'lum shaxslar shialarning dafn marosimini o‘qqa tutishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, odamlar oldidan o‘tib ketayotgan mashina ichidagilar ularga qarata o‘q otib o‘tib ketishgan. Buning oqibatida 2 kishi qurbon bo‘lgan.
Voqea 16 oktabr kechasi bo‘lib o‘tgan.