Jamiyat | 00:33 / 17.10.2015
5637
1 daqiqa o‘qiladi

Yetim qolgan koala videooperatorni quchoqlashga tushib ketdi

Avstraliyada yetim qolgan Imojyen laqabli koala videooperatorni quchoqlashga tushib ketdi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. Koalani Xelensburgdagi Symbio yovvoyi hayvonot bog‘i xodimlari Kayli Elliot va Mett Rednijlar boqmoqdalar. Ular koalani uning onasi leykemiyadan (oqqon kasalligi) o‘lgandan keyin o‘zlariga olganlar. Shuning uchun koala odamlarga o‘rganib qolgan.

Imojyen yangi joyga kelganda hayvonot bog‘i hududida suratga olish ishlari borayotgan edi. Koala avval daraxtni “tekshiruvdan o‘tkazgan”, keyin esa operatorni quchoqlashga tushib ketgan. “Hoy, hammasi joyida”, deb Imojyenni tinchlantirishga urindi operator.

9news.com.au saytining ma'lum qilishicha, koalaning operatorni quchoqlayotgani tasvirlangan video YouTube videoportalida ommalashib ketdi.