Jahon | 11:56 / 17.10.2015
3760
1 daqiqa o‘qiladi

Filippin aholisi tayfun tufayli evakuatsiya qilinadi

Filippinga Lando tayfuni yaqinlashmoqda va aholi bu tabiat hodisasiga tayyorlanmoqda.

Mamlakat prezidenti bir qator tumanlarda aholini evakuatsiya qilishga ko‘rsatma bergan.

Qayd etilishicha, tayfun tufayli 12 soat davomida kuchli yomg‘irlar bo‘lishi va suv toshqinlari boshlanishi mumkin.

Prezident 6 millionga yaqin kishi vaqtinchalik turarjoylarga ko‘chirilishi kerakligini aytgan.

Meteorologlarning bildirishicha, tayfun vaqtida shamol tezligi soatiga 180 km tezlikni tashkil qiladi.

Luson oroliga aholiga favqulodda vaziyatda yordam ko‘rsatish uchun harbiylar yetib kelishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish