Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID o‘z jangarisining Saudiya Arabistonida 5 kishini o‘ldirganini tasdiqladi
Saudiya Arabistonida diniy markaz hududida qurolli bosqinchilik uyushtirilgani oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Hujum mamlakatning sharqiy qismidagi diniy markaz yonida sodir etilgan. Halok bo‘lganlar shialar bo‘lgan. Ba'zi OAVlar va mahalliy vakilning ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchi o‘tkazish punkti yonida otishmada politsiya tomonidan o‘ldirilgan.
IShID terrorchilik guruhi aynan uning jangarisi bu qotillikni sodir etganini ma'lum qildi. Bosqinchi Kalashnikov avtomati bilan qurollangan bo‘lgan.