Jahon | 16:10 / 17.10.2015
4791
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev: Suriya hukumati madaniyatli bo‘lishi kerak

Rossiyaga kelajakda Suriyada hokimiyat kim kelishi farq qilmaydi, asosiysi, bu IShID terrorchilari emas, qonuniy, rasmiy kuchlar bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bayonot berdi.

Shuningdek, u Rossiyaning Suriya masalasida hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazish tashabbusiga javoban AQSh vakillari “siyosiy masalalarni muhokama qilmoqchimisizlar?” qabilida savol berganini aytib o‘tdi.

“Aynan siyosiy masalalarni muhokama qilish kerak, - dedi Medvedev. – Rossiya, Amerika, barcha davlatlar, agar Suriyada tinchlik o‘rnatilishini, u yerda normal hukumat bo‘lishini istasak. Uning boshida kim bo‘lishi ham muhim emas. Biz Suriya Respublikasi boshiga IShID kelishini istamaymiz, to‘g‘rimi? Bu madaniyatli, qonuniy hukumat bo‘lishi lozim. Bu masalalarni esa muhokama qilish kerak”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish