Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada aktyor Yevgeniy Leonov haykalini o‘g‘irlagan jinoyatchilar qo‘lga olindi
Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi.
Internetda ushbu jinoyat sodir etilayotgani kuzatish videokameralari tomonidan qayd qilingan videoyozuv ham paydo bo‘ldi.Kameralar jinoyat sodir etilayotgan paytni, gumonlanuvchilar haykalni “Gazel” yuk mashinasiga ortib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lganlarini yozib olgan.
Ushbu jinoyat yuzasidan politsiya Moskvada 5 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Moskva IIB matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Moskva IIBning G‘arbiy okrug xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish davomida Yevgeniy Leonovning haykalini o‘g‘irlashda gumon qilingan 5 kishini qo‘lga oldi”, deyilmoqda xabarda.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida so‘roq qilinmoqda, haykalning hozirdagi o‘rni aniqlashtirilmoqda.