Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh shtabi: kimning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati urib tushirilganiga o‘zingiz oydinlik kiriting
Rossiya bosh shtabida Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati Rossiyaniki emasligi haqda gap bordi.
"Men barcha mas'uliyatni o‘z zimmamga olgan holda shuni ma'lum qilmoqchimanki, bizning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlarimiz yoki aniq belgilangan vazifada yoki aviabazada", — deb ma'lum qilgan Rossiya bosh shtabi vakili general-polkovnik Andrey Kartapolov.
"Urib tushirilgan kimniki ekanligiga o‘zingiz baho bering ", — deb qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq Turkiya hukumati F-16 qiruvchisi mamlakat havo hududini Suriya tomondan buzgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatining urib tushirilgani haqda ma'lum qilgandi.