Jahon | 18:56 / 17.10.2015
4979
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili: bojxona ta'limi – professional tamagirlar ta'limi

Odessa hokimi Mixail Saakashvili yordamchisi, 26 yoshli Yuliya Marushevskayaning viloyat bojxonasiga rahbar etib tayinlanganligiga munosabat bildirdi.

“Shunday gapirishadi: u qizcha, u hech narsani bilmaydi, u bor-yo‘g‘i 26 yoshda, unda bojxona ta'limi yo‘q. Bojxona ta'limi nima ekanligini bilasizlarmi? Bu professional tamagirlar ta'limi”, - dedi u.

“Nega filolog yoki matematik bojxonani boshqara olmaydi?”, - degan savol bilan jurnalistlarga murojaat qildi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Saakshvilining 26 yoshli yordamchisi viloyat bojxonasiga boshliq etib tayinlandi. Yuliya Marushevskaya 2012 yili Taras Shevchenko nomli Kiyev Milliy universitetini “ukrain tili va adabiyoti, nemis tili” ixtisosligi bo‘yicha tamomladi. Garvard va Stenford universitetlarida kurslar o‘tadi. “Yevromaydon” faollaridan biri bo‘ldi. 2015 yil 6 iyundan davlat xizmatida.