Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z lavozimidan ketdi.
"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Qayd etish kerakki, chempionlik uchun kurashayotgan "temiryo‘lchilar" kecha, 16 oktabr kuni Qo‘qonda "Qo‘qon-1912" jamoasi mehmoni bo‘lib 2:2 hisobida durang o‘ynadi va "Paxtakor" jamoasidan 4 ochko ortda qolib ketdi.
Abramov bilan birga Marat Miftaxutdinov ham jamoadan ketgan.
Mavsumning qolgan 5ta o‘yinida "Lokomotiv"ni Mirko Yyelichich bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushadi. Unga Andrey Miklyayev yordam beradi.
"Lokomotiv" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy nomzodini o‘rganib chiqishni boshladi.