Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamaha Tokioda birinchi avtomobilini taqdim etadi
Motosikllari bilan mashhur Yamaha kompaniyasi Tokio avtosalonida o‘zining ilk avtomobilini taqdim etadi. Ammo yapon ishlab chiqaruvchisi yangi mashinaning illyustratsiyu-tizerinigina namoyish etdi, u haqda hech qanday ma'lumot berib o‘tmadi. Bu haqda TF1 xabar bermoqda.

Yamaha Motiv
Joriy yilning mart oyida “Yamaxa” direktori Xiroyuki Yanagi kompaniya to‘rt yildan keyin Yevropa bozorlari uchun avtomobillar chiqarish rejalashtirilayotgani haqda gapirib o‘tdi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu marka subkompakt mashinalar oilasiga mansub bo‘lib, Smart ForTwo bilan bemalol bellasha oladi. U AQShdagi Medford maydonida yig‘iladi. Kompaniya buning uchun “milliardlab iyen ajratganini” ma'lum qilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, Yamaha ning kompakt-kari ikki yil oldin Tokio motorshousida e'lon qilingan Motiv prototipi uslubiga yaqin bo‘ladi. Model elektr quvvati bilan ishlaydigan qurilmaga va benzilli dvigatelga ega bo‘ladi.
Tokioda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi motorshou joriy yilning 29 oktabridan 8 noyabriga qadar davom etadi.