Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning 10 neft-gaz kompaniyasi global isishga qarshi kurashadi
Jahonning 10ta eng yirik neft-gaz kompaniyalari BMTning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha kelishuvini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Offshore Energy Today xabar berdi.
Global miqyosda gaz va neftning beshdan bir qismini ishlab chiqaruvchi BG Group, BP, Eni, Pemex, Reliance Industries, Repsol, Saudi Aramco, Shell, Statoil va Total kompaniyalari rahbarlari o‘z bayonotlarida (Oil and Gas Climate Initiative — OGCI tashabbuskor guruhini tashkil etib, bu boradagi harakatlarni qo‘llab borishlarini tasdiqladilar.
OGCI ishtirokchilari o‘z operatsion faoliyatida chiqindilar chiqarishni kamaytirish yo‘lida bir qancha choralar ko‘rishdi. 10 yil ichida ular bu ko‘rsatkichni 20 foizga qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Kompaniyalarning rahbarlari yaqin yillar orasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash ishiga investitsiyalarni ko‘paytirishga va'da berdilar. Bayonotni imzolaganlar: Xelge Lund (BG Group), Robert Dadli (BP), Klaudio Deskalsi (Eni), Emilio Lozoyya (Pemex), Mukesh Ambani (Reliance Industries), Djozu Djon Imaz (Repsol), Ben van Beyerden (Royal Dutch Shell), Amin Nasser (Saudi Aramco), Elder Setre (Statoil) va Patrik Puyanne (Total).