Sport | 10:25 / 18.10.2015
4320
2 daqiqa o‘qiladi

Gennadiy Golovkin uchta chempionlik titulini birlashtirdi

Qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda kanadalik raqibi, IBF kamari sohibi David Leme ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 8-raundida texnik nokaut qayd qilindi.
Shu tariqa, u o‘ziga tegishli WBA (Xalqaro boks uyushmasi) va WBC (Xalqaro boks kengashi) chempionlik kamarlarini himoya qilib qolib, IBF (Butunjahon boks federatsiyasi) kamariga ham ega bo‘ldi.
Golovkin bir necha yildan buyon tengi yo‘q sportchi deb hisoblab kelinmoqda. O‘z navbatida, Leme ham u kabi muddatdan ilgari qozonilayotgan g‘alabalari bilan muxlislar mehrini qozonga edi. Shu bois ular o‘rtasidagi jang katta qiziqishga sabab bo‘ldi.
Uchrashuv Golovkinning ustunligi ostida o‘tdi. 7-raundda burnidan qon oqayotgan kanadalik bokschi shifokor yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Bir raunddan so‘ng esa uning tinimsiz himoyalanib, hujumlarga javob bermay qo‘yganini ko‘rgan referi o‘yinni to‘xtatdi.
Shu tariqa, Gennadiy Golovkin uchta chempionlik rutbasini birlashtira oldi.
33 yoshli Golovkin 34 uchrashuvning 31tasini nokaut bilan yakunlagan. Uning 26 yoshli raqibi ham shuncha uchrashuv o‘tkazib, teng miqdorda nokautlarga erishgan, lekin qolgan uch uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.
Golovkin WBA kamariga 2010 yilda, WBC kamarini esa 2014 yilda ega bo‘lgan edi. Kamarlarni u 15 marotaba himoya qilishi.
O‘z navbatida, Leme IBF kamariga shu yilning iyun oyida erishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish