Jahon | 13:28 / 18.10.2015
5084
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya Xitoyni provokatsiyada aybladi

Malayziyada XXR tomonidan Janubiy Xitoy dengizida olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan ushbu mamlakatni provokatsiyada aybladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Dengizdagi bir qator bahsli orollarda Xitoy tomonidan qurilish ishlarining olib borilishi Malayziyaning e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Mamlakat qurolli kuchlari rahbarining so‘zlariga qaraganda, bu obektlar harbiy maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.
“Vaqt Xitoyning asl maqsadlarini ko‘rsatadi”, - dedi Zulkifli Muhd Zin.
O‘z navbatida, Xitoy vakillari faqat fuqarolik obektlari barpo etilayotganligini da'vo qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish