Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda islom moliyasi asosida to‘lov tizimi yaratiladi
Qozog‘istonda islom moliyasi prinsiplariga asoslanuvchi mahalliy to‘lov tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda milliy bank rahbari Qayrat Kelimbetov Olma-Otada bo‘lib o‘tgan UnionPay Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha konferensiya chog‘ida ma'lumot berdi.
Moliya sohasi tashqi ta'sirlar tahdidi ostida qolmasligi uchun milliy regulyator axborot va kiberxavfsizlik borasidagi ishlarni jadallashtirmoqda, deb ta'kidladi Kelimbetov. Shu tadbirlar doirasida taklif qilingan “yagona universal hisob” loyihasi hukumat tomonidan ma'qullandi.
Aytilishicha, ushbu loyihada “Kazpochta” idorasi bilan hamkorlik qilinadi.