Sport | 23:36 / 18.10.2015
4056
2 daqiqa o‘qiladi

Xavi: “Mening so‘nggi maqsadim – “Barselona”ga qaytish

“Al-Sadd” jamoasi yarim himoyachisi Xavining iqror bo‘lishicha, u “Barselona”ga qaytishni orzu qiladi. Shu bois u Kataloniya jamoasi treneri bo‘lishlik unga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tgan.

– “Barselona” murabiyi bo‘lish judayam qiyin ish, – dedi Xavi Sky Sports ga bergan intervyusida. – Bu hayotni og‘irlashtirib yuboradi. Men buni Gvardola, van Gal, Raykard va mana hozir Luis Enrike misolida ko‘rib turibman. Ularga nafaqat rohatlanishga, balki tashvishlanishga ham to‘g‘ri keldi. Bu ishni bajarishda sizni ko‘pchilik tanqid qiladi. Men futbolda yana nimanidir qo‘lga kiritishni istayman. Bu sport — mening hissiyotim. Mening so‘nggi maqsadim “barselona”ga qaytib borib ishlashdir. Hozir menda to 2022 yilga qadar Qatar bilan sharnomam bor”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish