Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Ginnesning rekordlari kitobiga kiradigan xrizantema o‘stirishdi
Kayfen shahrida (Markaziy Xitoy) xrizantemalar oilasiga kiruvchi 641 turni omma e'tiboriga havola etishdi. Inxua agentligining ma'lum qilishicha, o‘simlik payvandlangan holda o‘stirilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘simlik ko‘p sonli payvandlangan novdalar hisobiga 3,8 metrgacha o‘sgan. Uning payvanlanganiga to‘rt yil bo‘lgan. Hozir o‘simlikda 1,5 mingtaga yaqin gul o‘smoqda.
Xrizantemalar bilan dekorativ bezash ishlari tarixi ming yillarga borib taqaladi. Bu o‘simlikning juda ko‘p turi o‘sadigan Xitoyda bu ish miloddan avvalgi 551 yildan boshlab amalda qo‘llaniladi. Undan so‘ng o‘simlikni Yaponiyada o‘stirishadi va u mamlakatning ramziga aylanadi. Xrizantema Yevropaga XVII, Rossiyaga XIX asr o‘rtalarida keltirilgan.