Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:05 / 19.10.2015
3713
1 daqiqa o‘qiladi
Anqaradagi teraktda gumon qilinayotgan 4 kishi qamoqqa olindi
Anqara sudi 10 oktabr kuni amalga oshirilgan teraktni tashkil etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 4 kishini qo‘lga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Hürriyet nashri yozmoqda.
Yopiq sud majlisi 7 soat davom etdi. Uning yakuniga ko‘ra qo‘lga olinganlarning 2 nafari qo‘yib yuborildi.
10 oktabr kuni Anqarada sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 102 kishi halok bo‘lgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish