Jahon | 18:20 / 19.10.2015
4131
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook foydalanuvchilarini maxsus xizmatlar ayg‘oqchiligidan ogohlantiradi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarini akkaunt maxsus xizmatlar tomonidan buzilganligidan ogohlantira boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida aytildi.

“Biz har doim foydalanuvchilarimizning komprometatsiya qilingan akkauntlarini himoya qilish yo‘lida zaruriy choralarni ko‘ramiz. Agar hujum davlat tomonidan homiylik qilinayotgan shaxslar tomonidan sodir etilgan, degan jiddiy gumonimiz bo‘lganida bu borada foydalanuvchilarimizga qo‘shimcha ogohlantirish yo‘llashni maqbul chora deb topdik, - deyiladi xabarnomada.

– Biz hujumlar juda ilg‘or va xavfli bo‘lganida amalga oshiramiz, shu yo‘l bilan biz odamlarni o‘z sahifalarining xavfsizligini ta'minlashga undaymiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish