Jahon | 13:29 / 19.10.2015
3831
1 daqiqa o‘qiladi

Ivanov: Yevropadagi qochqinlar orasida xudkush-terroristlar ham bor

Yaqin Sharq mamlakatlaridan Yevropaga yo‘l olgan qochqinlar orasida potensial xudkush-terroristlar ham bor, deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov TASS agentligiga.

“Bu haqda gap-so‘zlar tarqatmaslikka harakat qilishmoqda, ochiq so‘zlashga yo‘l qo‘yilmayapti, lekin men ayta olaman... Hozirda Yaqin Sharqdan qochqinlar oqimi Janubiy Yevropa orqali G‘arbga o‘tib olishga intilmoqda. Siz nima deb o‘ylaysiz, ular orasida Ko‘hna qit'aga yo‘l olib, qayergadir sezdirmasdan joylashib, yashirinadigan va kutadigan slipperlar (maxsus xizmatlarning maxfiy qurollari), “uyqudagi” agentlar va terroristlar yo‘qmi?”, - dedi u.

Ivanov so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar xudkush-terrorist sifatida harakatini boshlash uchun kerakli vaqt kelguniga qadar kutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish