Jahon | 11:04 / 19.10.2015
4988
1 daqiqa o‘qiladi

Jazava vaqtida hamrohini tishlagan aviayo‘lovchi tez orada jon berdi

Lissabon — Dublin reysi yo‘lovchisi unga yordam berishga harakat qilgan hamrohini tishlab oldi, deya xabar berdi Irlandiyaning Irish Independent nashri.

Bo‘lib o‘tgan hodisa natijasida Irlandiyaning yirik Aer Lingus aviatashuvchisi samolyotining kapitani Kork xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga ruxsat so‘radi, 24 yoshli portugaliyalik yo‘lovchi esa jazavadan so‘ng xushini yo‘qotdi.

Mahalliy vaqt bilan 17:40 (Toshkent vaqti bilan 21:40)da samolyot qo‘ndi, yetib kelgan shifokorlar esa yosh yo‘lovchining o‘limini qayd etishdi.

U tishlab olgan yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilib, zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Kork xalqaro aeroportida barcha 168 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a'zosi hodisa yuzasidan politsiya xodimlariga so‘roq berdi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish